“Milliy taraqqiyot strategiyasi: O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish masalalari va xalqaro tajribalar tahlili” mavzusidagi konferensiya o‘nlab olimlarlarni metodologik tahlillarga chorladi.
Konferensiya to‘plamida biznesni rivojlantirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash, ekologik kelajak va raqamli transformatsiyaga bag‘ishlangan 5 ta sho‘bada ilmiy ishlar jamlandi. Yangi xulosa va takliflar ishlab chiqishga erishildi.
To‘plamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha eng ustuvor masalalar, mintaqamiz va mentalitetimizga mos xalqaro tajribalar bilan tanishishni tavsiya qilamiz.