MUАMMO VА YECHIMLАR”

Konferensiya maqsadi
Bugungi globallashuv sharoitida Respublikamiz pedagogika sohasi musiqa taʼlimi va sanʼati yoʼnalishlarida kadrlar tayyorlash, oʼqitish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishdagi mavjud muammolar, boʼlajak musiqa oʼqituvchisi kadrlarin tayyorlashdagi istiqbolli rejalarni amalga oshirishda joylardagi olimlar, amaliyotchi professor-oʼqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, talaba-yoshlarning bu boradagi oʼzaro fikrlari, taklif va tavsiyalari muhokamasi tashkil etiladi. Аnjuman, shoʼbalarda davom ettirilib, sohaning yetuk professor-oʼqituvchilarining mahorat-darslari tashkil etiladi.
__________________________________________________
 KUTILAYOTGAN NATIJALAR:
 
- musiqa taʼlimi va sanʼatining bugungi globallashuv sharoitda milliy-ijtimoiy ahamiyati: muammo va yechimlar boʼyicha ilmiy maqolalar toʼplanadi;
​- fan, taʼlim va musiqa sanʼatining uzluksiz va uzviyligini taʼminlash hamda musiqa oʼqituvchisi kadrlarini tayyorlashda istiqbolli rejalarni amalga oshirish, taʼlim tizimida innovatsion pedagogik texnologiyalarini tatbiq etishning shakl, usul, vosita va metodlaridan foydalanish tahlil etiladi;
- iqtisodiyotining tarmoqlar sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashda taʼsir etayotgan omillar oʼrganiladi, muhokama etiladi, musiqa taʼlimi va sanʼatini yanada rivojlantirish, takomillashtirish boʼyicha tegishli taklif va tavfsiyalar ishlab chiqiladi;
- musiqa taʼlimi va sanʼat sohasiga oid maʼruzalar tinglanadi, taqdimotlar, Respublikamizdagi taniqli olimlarning chiqishlari tashkil etiladi;

1

*

Musiqashunoslik, etnomusiqashunoslikning dolzarb muammolari va yechimlari;

2

*

Musiqiy-nazariy fanlarni oʼqitishda innovatsion taʼlim texnologiyalari;

3

*

Mustaqil taʼlimni tashkil etishning samarali usul va vositalari;

4

*

Ijrochilik anʼanalari: muammo va yechimlar;

5

*

Pedagogik kadrlar tayyorlash: muammo va yechimlar

Musiqa yagona dunyo tili, uni tarjima qilish shart emas, ruh undagi ruh bilan gaplashadi.
Bertold Averbax
 

1-bosqich

Muallif tomonidan konferensiya uchun tayyorlangan maqola yoki tezis telegram ijtimoiy-tarmog'idagi rasmiy telefon raqam (akkauntiga) +998954550472 ga yuboriladi

01/11/2024
 

2-bosqich

Ushbu bosqichda tahririyat a'zolari tomonidan material ko‘rib chiqiladi va talabga to‘liq javob bersa chop qilish uchun yuboriladi. Talabga javob bermagan ishlar muallif bilan bog'lanib, tuzatishlar uchun yuboriladi.

05/11/2024
 

3-bosqich

Ushbu bosqichda chop qilinishga tayyor materiallar uchun DOI beriladi va boshqa turli xalqaro bazalarga joylash jarayoni bo'lib o'tadi.

12/11/2024
 

4-bosqich

Oxirgi bosqichda talabga javob bergan materiallar konferensiya to‘plamiga kiritiladi va eng yaxshi material konferensiyada qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Sertifikat va boshqa ma'lumotlar konferensiya rasmiy veb saytiga muallif sahifasiga joylashtiriladi.

20/11/2024