“XORIJIY TILLARNI O‘QITISH VA TARJIMA SOHASIDA SUN’IY INTELLEKTDAN SAMARALI FOYDALANISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI” MAVZUSIDA XALQARO

ILMIY - AMALIY ANJUMAN
2026-yil 30-aprel


Konferensiya maqsadi image
Mazkur anjuman xorijiy tillarni o‘qitish va tarjima sohalariga sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish, ta’lim jarayonini raqamlashtirish, avtomatlashtirilgan tarjima tizimlari, adaptiv o‘quv platformalari hamda intellektual lingvistik vositalardan samarali foydalanish orqali ta’lim va tarjima sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlanadi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi innovatsion yondashuvlar asosida tarjima jarayonlarini takomillashtirish, milliy va jahon adabiy merosini zamonaviy metodlar asosida tadqiq etish masalalari muhokama etiladi.

Anjumanda ilmiy maqolalar va tezislar to‘plamini (ASR konferensiya platformasida) chop etish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan 2026-yil 15-aprelga qadar ilmiy maqola va tezislarni o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida anjuman tahririyatiga elektron ko‘rinishda yuborishingizni so‘raymiz.

 

Tilshunoslik va xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning innovatsion pedagogik yondashuvlari

Ma'sul: Telefon:

 

Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning nazariy asoslari va konseptual yondashuvlari

Ma'sul: Telefon:

 

Jahon adabiyoti tadqiqotlarida sun’iy intellekt yordamida badiiy matnlarni tahlil qilish va interpretatsiya masalalari

Ma'sul: Telefon:

 

Tarjimashunoslikda sun’iy intellektdan foydalanishning lingvistik muammolari va funksional imkoniyatlari

Ma'sul: Telefon:


Some people call this artificial intelligence, but the reality is this technology will enhance us. So instead of artificial intelligence, I think we’ll augment our intelligence.

Ginni Rometty


 

1-bosqich

Muallif tomonidan konferensiya uchun tayyorlangan maqola yoki tezis telegram ijtimoiy-tarmog'idagi rasmiy telefon raqam (akkauntiga) +998 94 754 18 87 yoki d.nasriddinov@nordicuniversity.org pochtasiga yoki @conference_nordic_2026 telegram manzili orqali qabul qilinadi.

15.04.2026
 

2-bosqich

Ushbu bosqichda tahririyat a'zolari tomonidan material ko‘rib chiqiladi va talabga to‘liq javob bersa chop qilish uchun yuboriladi. Talabga javob bermagan ishlar muallif bilan bog'lanib, tuzatishlar uchun yuboriladi.

20.04.2026
 

3-bosqich

Ushbu bosqichda chop qilinishga tayyor materiallar uchun DOI beriladi va boshqa turli xalqaro bazalarga joylash jarayoni bo'lib o'tadi.

25.04.2026
 

4-bosqich

Oxirgi bosqichda talabga javob bergan materiallar konferensiya to‘plamiga kiritiladi va eng yaxshi material konferensiyada qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Sertifikat va boshqa ma'lumotlar konferensiya rasmiy veb saytiga muallif sahifasiga joylashtiriladi.

28.04.2026


*
*
*
  • 86FV+8M Ташкент, Узбекистан
  • 100096 Toshkent, O‘zbekiston, Sebzor ko‘chasi, 22A.