O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
PQ-5117-sonli Qarorida xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining
“Jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida
376-son o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalarining hamkorligini kuchaytirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish vazifalari belgilangan.
Shu maqsadda Xalqaro Nordik universitetida “TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA TILSHUNOSLIK, XORIJIY TIL VA ADABIYOTINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODIK YONDASHUVLARI: MUAMMOLAR, IMKONIYATLAR VA YECHIMLAR” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy anjuman rejalashtirilgan.