Dinora Sodiqova Ilhom qizi 1,

Marxabo Abdullayeva Rahmonkulovna2


DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15167644

Google scholar: https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=%22JORJ+ORUELL+ASARLARI+TARJIMASIDA+TIL+VA+EMOTSIYA+UYG%E2%80%98UNLIGI%22&btnG=

Zenodo community: https://zenodo.org/records/15167644

Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2238


MAQOLANI YUKLAB OLISH

SERTIFIKATNI YUKLAB OLISH


TAQRIZ: 

Dinora Sodiqova Ilhom qizining “Jorj Oruell asarlari tarjimasida til va emotsiya uyg‘unligi” nomli ilmiy maqolasi o‘zbek tarjima nazariyasida dolzarb mavzuga bag‘ishlangan. Muallif ingliz adabiyotining mashhur vakili Jorj Oruellning “1984” asari misolida tarjima jarayonidagi til va hissiy ifodaning uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratgan.

Maqolada tarjima jarayonining oddiy so‘z o‘zlashtirishdan ko‘ra murakkabroq, ya’ni madaniy, psixologik va siyosiy kontekstni saqlab qolish zarurligi ta’sirchan tahlil qilingan. Ayniqsa, “Newspeak”, “Ingsoc” va “doublethink” kabi sun’iy leksik birliklarning tarjimadagi emotsional ohangini saqlab qolish masalasi o‘rinli yoritilgan.

Muallif tarjimada faqat grammatik yoki leksik moslik emas, balki asarning ruhiy holati, ijtimoiy muhit va muallifning ideologik pozitsiyasini to‘g‘ri yetkazish lozimligini asoslab bergan. Misollar orqali, ayniqsa Uinston obrazining ruhiy tahliliga oid parchalar bilan maqola yanada jonli va ishonarli bo‘lib borgan.

Maqolaning tuzilmasi aniq, kirish, asosiy va xulosa qismlari bir-biriga mantiqan bog‘langan. Tadqiqotda zamonaviy tarjimashunoslik nazariyalariga, klassik adabiyotlarga va muallifning oldingi ishlariga tayanilgan bo‘lib, ilmiy uslubga to‘liq mos keladi.


Xulosa

Mazkur maqola ilmiy-nazariy yondashuvga asoslangan, dolzarb va tahliliy mazmunga ega bo‘lib, tarjima nazariyasi, adabiy tarjima, lingvistik stilistika yo‘nalishlari uchun muhim ilmiy manba bo‘lishi mumkin.