DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15173501
Google scholar: https://scholar.google.com/scholar?q=%22POLIKODLI+MATNLARDA+TIL+VA+TASVIRLARNING+INTERAKTIV+ROLI:+KOGNITIV+YONDASHUV%22&hl=ru&as_sdt=0,5
Zenodo community: https://zenodo.org/records/15173501
Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2255
TAQRIZ:
Odilova Kamola Taxirovnaning "Polikodli matnlarda til va tasvirlarning interaktiv roli: Kognitiv yondashuv" nomli ilmiy maqolasi zamonaviy kognitiv tilshunoslik, semiotika va multimodal diskurs tahlili doirasida dolzarb bo‘lgan masalaga bag‘ishlangan. Muallif til va tasvir o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning kognitiv modellar asosidagi tahlilini taqdim etadi.
Maqola chuqur nazariy asosga ega bo‘lib, unda Kress va van Leeuwen, Lakoff va Johnson, Johnson-Laird, Fillmore, Fauconnier va Turner, Sperber va Wilson kabi yetakchi olimlarning nazariyalari asosida tahlillar olib borilgan. Til va tasvirning o‘zaro ta’siri, kontseptual metaforalar, mental modellar, vizual ritorika, semiotik resurslar nazariyasi va multimodal diskurs tahlili bo‘yicha aniq misollar orqali muallif mavzuni ilmiy asosda keng yoritgan.
Polikodli matnlarning janrlari, ularning kognitiv xususiyatlari, axborot uzatishdagi samaradorligi va semiotik resurslarning uyg‘un integratsiyasi ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Ayniqsa, real misollar – reklama plakatlari, infografikalar, komikslar, AR/VR texnologiyalar orqali tahlilning amaliy jihati kuchaytirilgan.
Maqola mazmunan boy, ilmiy uslubda yozilgan, adabiyotlarga tayanuvchi va stilistik jihatdan ham puxta ishlangan. Matn strukturasining izchil tuzilgani, kirish, asosiy tahliliy qism va xulosalar orasidagi bog‘liqlik yuqori darajada. Annotatsiya va kalit so‘zlar to‘g‘ri tanlangan va mazmunni to‘liq aks ettiradi.
Xulosa va tavsiya: Mazkur maqola tilshunoslik, kognitiv fanlar, vizual kommunikatsiya va multimodal tahlil yo‘nalishida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun dolzarb va foydali manba bo‘la oladi. Mavzuning yangiligi, tahlil uslubining chuqurligi va nazariy asoslarning puxtaligi maqolani yuqori baholashga asos bo‘ladi.