DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15173443
Google scholar:
Zenodo community: https://zenodo.org/records/15173443
Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2254
TAQRIZ:
O‘rmonova Maftuna Farhodjon qizining "Neologizmlarga diaxronik yondashuv" nomli ilmiy maqolasi tilshunoslik va zamonaviy leksikologiya doirasida dolzarb mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, ingliz va o‘zbek tillaridagi neologizmlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ularning diaxronik xususiyatlarini tahlil qiladi.
Muallif til tizimidagi neologizmlarning shakllanishi va ularning madaniy, ijtimoiy hamda texnologik omillar bilan bog‘liqligini asosli ravishda tahlil qilgan. Ingliz tilida neologizmlar ko‘proq ichki so‘z yasash va innovatsion atamalar orqali paydo bo‘layotgani, o‘zbek tilida esa chet tillar, ayniqsa ingliz tilidan so‘z o‘zlashtirish asosida shakllanayotgani amaliy misollar asosida yoritilgan.
Maqolada diaxronik tahlil usulining qo‘llangani, adabiyotlar sharhining boyligi va zamonaviy lingvistik manbalarni o‘z ichiga olgani ushbu tadqiqotning nazariy asoslanganligini ko‘rsatadi. Muallif tomonidan neologizmlar lug‘atlari, ilmiy maqolalar, ommaviy matnlar tahlil qilingan bo‘lib, ularning semantik o‘zgarishlari, ijtimoiy funksiyalari va tildagi ommalashuvi chuqur tahlil etilgan.
Xulosa qismida maqolada ilgari surilgan nazariy mulohazalar umumlashtirib berilgan bo‘lib, kelajakda neologizmlar bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlar uchun muhim ilmiy asos bo‘la oladi. Foydalanilgan manbalar sonining ko‘pligi, ularning turli manbalardan olingani va tadqiqotga bo‘lgan yondashuvning tizimliligi maqolaning ilmiy qiymatini oshiradi.
Xulosa va tavsiyalar: Ushbu maqola tilshunoslik, leksikologiya, sotsiolingvistika va tarjimashunoslik sohalarida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Mavzuning dolzarbligi va tahlil uslubining mukammalligi maqolaning ilmiy jurnalda chop etilishi uchun yetarli asos bo‘ladi.