DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15173377
Google scholar: https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=%22ILMIY-OMMABOP+FILM+MATNINING+JANR-STILISTIK+XUSUSIYATLARI%22&btnG=
Zenodo community: https://zenodo.org/records/15173377
Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2253
TAQRIZ:
Norbekova Farangiza Shuxrat qizining "Ilmiy-ommabop film matnining janr-stilistik xususiyatlari" nomli ilmiy maqolasi zamonaviy lingvistik va tarjimashunoslik sohalarida dolzarb bo‘lgan masalalardan birini o‘rganishga bag‘ishlangan. Muallif tomonidan ilmiy-ommabop matnlarning, xususan hujjatli filmlardagi kadrorti nutq shaklida ifodalangan ilmiy-ommabop tilda ifoda va tarjima xususiyatlari tahlil qilingan.
Maqolada stilistik tahlil chuqur, nazariy jihatdan asoslangan va amaliy materiallar bilan boyitilgan. Ayniqsa, "Discovery" kanalidagi ko‘rsatuvlar asosida olingan tarjima misollari orqali muallif asliyat va tarjima o‘rtasidagi stilistik farqlarni aniq ko‘rsatgan. Ilmiy-ommabop matnlarning stilistik jihatlari, ommaviy adresatga yo‘naltirilganligi, kadrorti nutqning dialogik va ekspressiv xususiyatlari ilmiy asosda yoritilgan.
Maqolada o‘quvchiga yo‘naltirilgan til vositalari, nutqdagi soddalik, ekspressivlik va ommaviylik elementlari tahlil qilingan. Shuningdek, jurnalist va mutaxassis o‘rtasidagi kommunikatsiya holatlari, vizual va eshitiladigan tasvirlar, monolog va dialog shakllarining almashinuvi kabi jihatlar stilistik va kommunikativ-pragmatik nuqtayi nazardan tahlil etilgan.
Maqola ilmiy uslubga to‘liq mos, izchil tuzilgan, adabiy manbalar bilan mustahkamlangan va muallifning mavzu yuzasidan chuqur bilimga ega ekanligini namoyon etadi. Foydalanilgan terminlar, nazariy yondashuvlar, va misollar maqolani zamonaviy ilmiy-tadqiqot sifatida ajratib turadi.
Xulosa va tavsiyalar: Ushbu maqola lingvistik stilistika, tarjimashunoslik va medialingvistika sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Mavzuning dolzarbligi, tahlil chuqurligi va stilistik aniqlik maqolaning ilmiy salohiyatini oshiradi.