DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15172805
Zenodo community: https://zenodo.org/records/15172805
Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2244
TAQRIZ:
Karimjonova Shahlo Ravshanjonovnaning ushbu ilmiy maqolasi zamonaviy pragmatika va tilshunoslik sohasidagi dolzarb mavzulardan biriga bag‘ishlangan bo‘lib, ingliz tilidagi vizual-kognitiv fe’llarning nutq aktlari nazariyasiga ko‘ra tahlil qilinishi bilan ahamiyatlidir.
Muallif "see", "notice", "observe", "realize", "imagine" kabi vizual-kognitiv fe’llarning lokutiv, illokutiv va perlokutiv nutq aktlaridagi vazifalarini aniq va mukammal tahlil qilib bergan. Ayniqsa, ushbu fe’llarning semantik ma'nolari bilan birga pragmatik jihatdan qanday kommunikativ vazifalarni bajarishi puxta ilmiy asoslangan holda ochib berilgan.
Tahlilda J. Ostin va J. Searle tomonidan ishlab chiqilgan nutq aktlari nazariyasiga asoslanilib, har bir fe'l uchun amaliy va nazariy jihatdan qimmatli misollar keltirilgan. Lokutiv aktda fe'llarning asosiy lug'aviy ma'nolari, illokutiv aktda esa ular orqali ifodalanadigan xabar berish, tushuntirish, ogohlantirish kabi kommunikativ maqsadlar, perlokutiv aktda esa tinglovchiga ko'rsatiladigan real ta'sirlar (tushunish, hayratlanish, ishonch hosil qilish, qiziqish uyg‘otish) tahlil qilinadi.
Maqola strukturasi aniq va mantiqan izchil tuzilgan bo‘lib, har bir bo‘limda ilmiy asoslangan xulosalarga erishilgan. Muallifning tili ravon, terminologiya ilmiy jihatdan aniq qo'llanilgan va foydalanilgan adabiyotlar zamonaviy va dolzarbdir.
Xulosa va tavsiyalar
Ushbu maqola pragmatika, kognitiv tilshunoslik va ingliz tilini o'qitish metodikasi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarda qimmatli manba sifatida foydalanilishi mumkin. Ilmiy jihatdan puxta ishlangan, dolzarb va amaliy ahamiyatga ega.