DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15168013
Google scholar: https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=%22FRANSUZ+VA+O%E2%80%98ZBEK+MATALLARINING+LINGVOKULTUROLOGIK+TAHLILI%22&btnG=
Zenodo community: https://zenodo.org/records/15168013
Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2241
TAQRIZ:
Ikromova Lola Boltayevnaning “Fransuz va o‘zbek matallarining lingvokulturologik tahlili” nomli ilmiy maqolasi madaniyatlararo kommunikatsiya, qiyosiy tilshunoslik va frazeologiya yo‘nalishlarida dolzarb bo‘lgan mavzuga bag‘ishlangan. Maqolada o‘zbek va fransuz xalqlarining matallari lingvistik va madaniy jihatdan qiyosiy tahlil qilinib, ularning tarixiy, ijtimoiy va semantik ildizlari mukammal ochib berilgan.
Muallif matallarni nafaqat semantik struktura, balki ularning xalq og‘zaki ijodi sifatidagi sotsial-madaniy funksiyalari nuqtayi nazaridan ham ko‘rib chiqqan. Qiyosiy misollar orqali matallar o‘ziga xos obrazlar, ijtimoiy kontekst va emotsional ohang bilan boyitilgan til birliklari ekani aniq yoritilgan. Maqolada fransuz tilidagi matallarning lotincha manbalardan kelib chiqishi, ularning qishloq xo‘jaligi, fasllar va diniy marosimlar bilan bog‘liqligi ilmiy asosda izohlangan. Shu bilan birga, o‘zbek matallarining tarixiy ildizlari, folklor va diniy manbalar bilan aloqasi, Mahmud Koshg‘ariy va Alisher Navoiy asarlaridagi aks etishi alohida e’tiborga loyiq.
Maqolada ko‘plab amaliy misollar keltirilgani, har bir matal izohi bilan birga taqdim etilgani o‘quvchi uchun mavzuni yanada tushunarli qiladi. Matn aniq, mantiqan izchil tuzilgan, tilda ilmiy uslubga to‘liq rioya qilingan. Adabiyotlar ro‘yxati boy va zamonaviy manbalarga asoslangan.
Xulosa va baho:
Mazkur maqola tilshunoslik va lingvokulturologiya sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlar uchun ilmiy qiymatga ega bo‘lib, madaniyatlararo til birliklarini qiyosiy yoritishda muhim manba bo‘la oladi. Maqola o‘z mazmuni, tahliliy yondashuvi, aniq misollar asosida puxta ishlangan va ilmiy jurnalda chop etishga to‘liq loyiq.