DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15182732
Zenodo community: https://zenodo.org/records/15182732
Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/2287
TAQRIZ:
Ushbu maqola zamonaviy oliy ta’lim tizimining muhim muammolaridan biri – ta’lim sifatini boshqarishda innovatsion yondashuvlarning tutgan o‘rnini yoritishga bag‘ishlangan. Muallif oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish, talabalar ehtiyojlariga moslashuvchan yondashuvlar joriy etish, texnologik yutuqlardan foydalanish hamda boshqaruv jarayonini takomillashtirish yo‘llarini puxta tahlil qilgan.
Maqolada innovatsion boshqaruv yondashuvlari, raqamli ta’lim muhiti, sun’iy intellekt, moslashtirilgan o‘quv platformalari, DEI (diversity, equity, inclusion) siyosatlari, institutlararo hamkorlik va barqarorlik tamoyillari batafsil yoritilgan. Shuningdek, muallif boshqaruvda qaror qabul qilishda ma’lumot tahlilidan foydalanish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va ta’limdagi sifat kafolatini ta’minlash muhimligini ham ta’kidlagan.
Maqola strukturasining izchilligi, zamonaviy adabiyotlarga tayanilgan holda berilgan fikrlar va ilmiy-metodik yondashuvlar uning nazariy va amaliy ahamiyatini yanada oshiradi. Fikrlar aniq, dalillarga tayangan, mavzu dolzarbligi va hozirgi ta’lim tizimi bilan uzviy bog‘langan.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, maqola oliy taʼlim tizimidagi boshqaruv amaliyotlarini chuqur o‘rganishga, ilmiy izlanishlar olib borishga va yangi yondashuvlarni tatbiq etishga xizmat qiluvchi muhim manbadir. Ushbu ilmiy maqolani ta’lim boshqaruvi, innovatsion texnologiyalar va strategik rejalashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar hamda oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun foydali deb hisoblash mumkin. Maqola ilmiy jurnallarda chop etishga tavsiya etiladi.