DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.13895107
Google scholar: google scholardagi maqolangiz havolasi
Zenodo community: https://zenodo.org/records/13895107
Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/903
ORCID: https://orcid.org/0000-0002-5427-1338
TAQRIZ:
“Mehnat Barometri: Kasbiy Bandlikni Baholash va Uni Takomillashtirishning O‘zbekiston uchun Manfaati Nimada?” – O‘zbekistonning mehnat bozorini har tomonlama o‘rganish, undagi mavjud muammolarni tahlil qilish va yechimlar taklif etishda nihoyatda dolzarb masalalarni ko‘tarib chiqishi bilan ajralib turadi.
Maqola zamonaviy iqtisodiyotning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan bandlik va mehnat munosabatlarini aniqlash va ularni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ayniqsa, kasbiy bandlik barometrining fukaro, ish beruvchi va davlat organlari uchun ahamiyatini yoritishda, O‘zbekistonda uning amaliyotga joriy etilishi bo‘yicha fundamental ilmiy asoslar yaratish jarayoni chuqur yoritilgan.
Maqoladagi xorijiy tajribalarga alohida e’tibor berilganligi, xususan, Germaniya va Finlyandiya kabi rivojlangan davlatlarning mehnat barometri bo‘yicha erishgan yutuqlari va ulardan olingan saboqlar O‘zbekistonning bandlik tizimini takomillashtirish yo‘lida muhim omillar sifatida taqdim etilishi maqolaning nazariy va amaliy qiymatini oshiradi.
Shuningdek, Namangan viloyatida o‘tkazilgan pilot loyihalarning natijalari ham mazkur tadqiqotning O‘zbekistonga qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi. Ushbu maqola nafaqat iqtisodiyotchi va sotsiologlar uchun balki siyosatshunoslar, davlat rahbarlari va ish beruvchilar uchun ham muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Ushbu ish, shubhasiz, mamlakatimizda bandlik siyosatini rivojlantirish va kelgusidagi iqtisodiy taraqqiyotning poydevorini yaratishga qaratilgan muhim qadamdir.