670246a8ebfb6

Sharipov Kongratbay Аvezimbetovich

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI


Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.13895011 

Google scholar: google scholardagi maqolangiz havolasi

Zenodo community: https://zenodo.org/records/13895011

Nordic_press journal: https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/902

ORCID: https://orcid.org/0000-0003-4853-1575 


ANTIPLAGIAT NATIJASINI YUKLAB OLISH

MAQOLANI YUKLAB OLISH

SERTIFIKATNI YUKLAB OLISH


TAQRIZ: 

Sharipov Kongratbay Avezimbetovichning "Avtosanoat korxonalari xalqaro marketing tizimini shakllantirish" nomli maqolasi dolzarb ilmiy masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston avtosanoatining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish yo‘llari chuqur tahlil etilgan. Muallif xalqaro marketingning nazariy asoslari va autsorsing korxonalarining global bozorda muvaffaqiyat qozonishi uchun zarur strategiyalarni puxta yoritib bergan.

Mazkur maqolaning diqqatga sazovor jihati, avtosanoat sohasida zamonaviy marketing yondashuvlari orqali korxonalarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish borasidagi takliflari bilan ajralib turadi. Muallif xalqaro marketingni chuqur o‘rganish bilan bir qatorda, mamlakatimiz avtosanoatining rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan innovatsion g‘oyalarni taklif qiladi. Shu bilan birga, maqola O‘zbekistonlik olimlarning ilmiy ishlari bilan mustahkamlangan bo‘lib, bu esa tadqiqotning nazariy va amaliy jihatlarining mukammalligi hamda dolzarbligini ko‘rsatadi.

Muallif tomonidan keltirilgan tahlil va xulosalar, ayniqsa, eksport strategiyalari, marketing kommunikatsiyalari, brend menejmenti kabi mavzular avtosanoat korxonalarining global bozorda muvaffaqiyat qozonishi uchun muhim ekanligini ko‘rsatadi. Maqolada xalqaro marketingning nazariy jihatlari bilan bir qatorda, amaliy ko‘rsatmalar ham keltirilgan bo‘lib, bu tadqiqotni nafaqat ilmiy doiralar uchun, balki avtosanoat sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun ham qimmatli qo‘llanma darajasiga ko‘taradi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ushbu maqola O‘zbekiston avtosanoati rivoji va uning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida muhim ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Muallif tomonidan taqdim etilgan tahlil va tavsiyalar mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida va autsorsing sohasida amaliy qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan strategik yondashuvlarni belgilashga yordam beradi. Maqola ilmiy va amaliy jihatdan boy va dolzarb bo‘lib, yuqori bahoga loyiq.