Maqolaning nashr etilishi uchun qanday foydali maslahatlar bera olasiz?

Ilmiy jurnallarda maqola nashr qilish tadqiqotchi uchun muhim qadam hisoblanadi. Bu maqolada siz ana shu muhim qadamda sizga foydali va yordam berishi mumkin bo’lgan maslahatlarni topishingiz mumkin.


1. Jurnal tanlovi 

Mos keluvchi jurnal topish: 

Jurnal tanlovida eng muhimi bu aynan sizning izlanishlaringiz mavzusiga tog’ri keladigan jurnal topish. Jurnal tanlayotganda jurnalning yo’nalishi va uning obunachilari sizning ishlaringiz mavzusi bilan mos kelishiga ishonch hosil qiling. 

Indeksikatsiya: 

Tanlangan jurnal turli mashhur ma’lumotlar bazalarida indeksikatsiya o’tilishiga ahamiyat bering. 

Avtorlik talablari: 

Ilmiy ishingiz chop etilishi uchun jurnal tomonidan qo’yilgan talablarga e’tibor bering (matn formati, hajmi, tuzilishi normalari). (ASR Conference talablari https://www.asr-conference.com/maqola-tezis-talabi

2. Qo’lyozmani tayyorlash 

Maqola tuzilishi: 

Har bir jurnalning o’z talablari bo’lishi mumkin, masalar ASR Conference talablari: sarlavha, annotatsiya, kalit so‘zlar, kirish, asosiy qism ( IMRAD usulida, metodologiya, tahlillar, natijalar) xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 

Formatlash: 

Xuddi maqolaning tuzilishi kabi uni formatlashda ham jurnal tomonidan qo’yilgan talablarga amal qilishingiz lozim. ASR Conference to’lliq talablar ro’yhati. https://www.asr-conference.com/maqola-tezis-talabi 

Sarlavha va annotatsiya yozish: 

Sarlavha aniq bo’lishi va ishning asosiy bo’limlarini yoritishi kerak. Annotatsiya qisqa va anniq bo’lishi lozim. Shu bilan birga annotatsiya ma’lumotga boy, ilmiy ishning maqsadlarini, izlanish usullarini va kalit so’zlarni va tadqiqot natijalarini yoritib berishi kerak. 

3. Umumiy takliflar 

Yozgan ishingiz tushunarli tilda, ortiqcha qiyin so’zlarsiz yozilishi maqsadga muvofiq. 

Fikr va muloqot: 

Ishni yakunlashdan oldin uni o’z sohangiz mutaxassislariga, hamkasblaringiz va tanishlaringizga o’qish uchun taklif qiling , so’ngra ularni fikrlarini eshting. 

Grammatik va imloviy xatolar: 

Ilmiy ish yozishning oxirgi yakuniy amallaridan bir bu matn tugallangandan so’ng uni grammatik va imloviy xatolarga tekshirish, kerak bo’lsa mutaxassis xizmatlariga murojaat qiling. 

4. Xatolar ustida ishlash va qayta topshirish: 

Agarda siz jurnal tekshiruvchilari tomonidan biron-bir kamchilik yoki xatolar haqida izoh olgan bo’lsangiz, tekshiruvchilar maslahatiga ko’ra xatoliklartni bartaraf eting. Kamchiliklar bartaraf etilgandan so’ng, siz yangilangan ishingizni yana bir bora topshirishingiz mumkin bo’ladi. 

5. Chop etilingandan keyingi maslahatlar:

Ilmiy ishingiz jurnalda chop etildimi? Tabriklaymiz! Lekin bu hali ish tugadi degani emas. Maqolangiz chop etilganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishing, hamkasblaringiz va do’stlaringiz bilan bo’lishing! 

Buning uchun sizning shaxsiy sahifalaringiz va LinkedIn https://www.linkedin.com/ kabi professional ijtimoiy tarmoqlar tog’ri keladi. Maqolangizni iqtiboslar sonini Google Scholar va boshqa shu kabi bazalarda kuzatib boring. 

https://nordicuniversity.org/

Комментарии
* E-mail pochtangiz saytda aks etib turmaydi