“O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDA RESPUBLIKA

ILMIY - AMALIY KONFERENSIYA
2025-yil 19-noyabr

Konferensiya maqsadi image
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-sonli buyrug‘iga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2025-yil 19-noyabr kuni Xalqaro Nordik Universitetida “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi: amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili, muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Anjumanda ilmiy maqolalar (OAK ro‘yxatidagi jurnallarda maxsus son sifatida) va tezislar to‘plamini (ASR konferensiya platformasida) chop etish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan 2025-yil 5-noyabrga qadar ilmiy maqola va tezislarni o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida anjuman tahririyatiga elektron ko‘rinishda yuborishingizni so‘raymiz.
 

Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji

Ma'sul: Tolibjonov Xurshid +998 99 869 47 12 @Professor_TX

 

Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish

Ma'sul: Nigmanov Azizbek +998 90 358 06 93 @Azizbek_Nigmanov

 

Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish

Ma'sul: Abdulaxatov Muzaffar +998 90 953 03 34 @AbdulakhatovM

 

Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqaror taraqqiyotni ta’minlash

Ma'sul: Habibjonov Usmonjon +998 90 277 29 52 @black_in_whitee

 

Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi

Ma'sul: Rajabov Sherzod +998 97 764 55 99 @Mr_Sherzod_R

Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat.

Shavkat Mirziyoyev

 

1-bosqich

Muallif tomonidan konferensiya uchun tayyorlangan maqola yoki tezis telegram ijtimoiy-tarmog'idagi rasmiy telefon raqam (akkauntiga) +998903165556/ +998973555602 yoki munisbek.tsue@gmail.com pochtasiga yoki @Kungratov_I telegram manzili orqali qabul qilinadi.

05.11.2025
 

2-bosqich

Ushbu bosqichda tahririyat a'zolari tomonidan material ko‘rib chiqiladi va talabga to‘liq javob bersa chop qilish uchun yuboriladi. Talabga javob bermagan ishlar muallif bilan bog'lanib, tuzatishlar uchun yuboriladi.

07.11.2025
 

3-bosqich

Ushbu bosqichda chop qilinishga tayyor materiallar uchun DOI beriladi va boshqa turli xalqaro bazalarga joylash jarayoni bo'lib o'tadi.

11.11.2025
 

4-bosqich

Oxirgi bosqichda talabga javob bergan materiallar konferensiya to‘plamiga kiritiladi va eng yaxshi material konferensiyada qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Sertifikat va boshqa ma'lumotlar konferensiya rasmiy veb saytiga muallif sahifasiga joylashtiriladi.

15.11.2025
*
*
*
  • 86FV+8M Ташкент, Узбекистан
  • 100096 Toshkent, O‘zbekiston, Sebzor ko‘chasi, 22A.